Zamin Creative studiyasiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul boshlanmoqda.
Zamin Creative loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv ijodiy studiyalar uchun oltinchi qabul boshlanadi. Ishtirokchilar uchta - media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishida o‘z iste’dodlarini namoyish etishlari hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin bo‘ladi. Pedagoglar uchun har bir yo‘nalishda ta’lim jarayonining yuqori sifatini ta’minlovchi maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Kurslar tugaganidan so‘ng ishtirokchilar yakuniy loyihalarini har yili o‘tkaziladigan Turon teatr tanlovida namoyish etib, u yerda tomoshabinlar talabalarning yutuqlarini baholaydilar va ijod natijalaridan bahramand bo‘ladilar! #ZaminCreative
Qanday qilib Zamin Creative ishtirokchiga aylanish mumkin? 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 19-sentyabrgacha (shu kuni ham) bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida Zamin Creative a’zosi bo‘lishlari mumkin