Zamin Creative studiyasiga 2026-2027-o‘quv yili uchun qabul boshlanmoqda.
Zamin Creative loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv ijodiy studiyalar uchun sakkizinchi qabul boshlanadi. Ishtirokchilar uchta — media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishida o‘z iste’dodlarini namoyish etishlari hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin bo‘ladi. Pedagoglar uchun har bir yo‘nalishda ta’lim jarayonining yuqori sifatini ta’minlovchi maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 15-sentyabrgacha (shu kuni ham) bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida Zamin Creative a’zosi bo‘lishlari mumkin. Kurslarga nomzodlarni tanlash 18-sentyabr kuni o‘tkaziladi.